Rejissor va ssenariychi Stiven Spilberg “Yulduzlar jangi: kuchning uyg‘onishi” sagasining premyerada namoyish qilinadigan variantini tomosha qilganligini va film unga ma’qul tushganini ma’lum qildi. Bu haqda RTL xabar bermoqda.
Spilberg ushbu kosmik epopeyaning birorta epizodini suratga ololmaganligidan afsus qilib, har bir filmni qayta-qayta tomosha qilishini bildirdi. Uning fikricha, “Kuchning uyg‘onishi” davrlar osha eng yaxshi film bo‘lib qolishi ehtimoli katta. Spilberg Jey Jey Abramsning mazkur filmini uch marotaba qayta tomosha qilganligini ma’lum qildi.
“Yulduzlar jangi” filmi yettinchi epizodining kinoteatrladagi namoyishi 2015-yil 17—18-dekabr kunlari boshlanadi.
Izoh (0)