Liviyaning Bengazi shahridagi hukumat qo‘shinlari tezkor shtabining qo‘mondoni polkovnik Ali at-Taman o‘ldirildi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
“Al-Vasat” yangiliklar portalining ma’lum qilishicha, u Sidi-Fraj hududiga joylashtirilgan minaning portlab ketishi oqibatida halok bo‘lgan. Bu hudud orqali mamlakatda faoliyat yurituvchi terrorchilik guruhlari, jumladan, IShID bilan front chizig‘i o‘tadi.
Mavjud ma’lumotlarga qaraganda, at-Taman radikallar tomonidan mahalliy aholining uylariga yashirib qo‘yilgan qurol-yaroq va o‘q-dorilarni yo‘q qilish bo‘yicha armiya operatsiyalarini boshqargan. Shunday hududlardan biri minalashtirilgan bo‘lgan. Portlash natijasida polkovnik og‘ir yaralanib, shifoxonada o‘tgan kecha halok bo‘ldi.
Izoh (0)