Goa shtati xavfsiz sayyohlik yo‘nalishlari ro‘yxatidan chiqarildi. Bu haqda Sputnik agentligi bergan ma’lumotlarga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
“Goa bo‘yicha qabul qilingan ushbu qaror terrorchilik xavfi nuqtai nazaridan emas, balki bir qator boshqa sabablarga ko‘ra, shu jumladan, mahalliy xavfsizlik darajasi va Goada dam olish uchun ketadigan sarf-xarajatlarning oshganligi sababli qabul qilindi”, ― deya xabar beradi agentlik.
Shu bilan birga, axborot markazi rahbari Yekaterina Belyakovaning ta’kidlashicha, Goa hali ham rossiyalik sayyohlar uchun xavfsiz hisoblanib, Misr va Turkiyaga bo‘lgan sayyohlik oqimining bir qismini o‘ziga jalb qilishi mumkin. Belyakovaning aytishicha, so'nggi yillar davomida rossiyalik sayyohlar oqimining ko‘payishi oqibatida Goadagi narx-navo oshib ketgan. “Biroq, hozir bir qator mahalliy tadbirkorlar chegirmalar taqdim eta boshladi”, ― dedi u.
Izoh (0)