Qrimning Kerch shahri aholisi favqulodda holat rejimi boshlangandan beri tug‘ilgan qizaloqlarga Svetlana ismini qo‘ymoqda, deb xabar beradi “TASS”.
“Bizda yaxshi xabarlar bor. Kerchda ikki kun mobaynida dunyoga kelgan qizchalarga Sveta ismi qo‘yildi”, — deydi Qrim Davlat kengashi deputati Yefim Fiks.
“Svet” rus tilidan tarjima qilinganda, “nur, yorug‘lik” kabi ma’nolarni anglatadi.
Kerch favqulodda holat rejimi boshlangandan buyon energetika nuqtai nazaridan Qrimning eng muammoli hududlaridan biri bo‘lib kelmoqda.
Shahar hukumati 26-noyabr, payshanba kuni oxirgi sutkalarda hududdagi vaziyat yaxshilanganligini ma’lum qilgan edi. Aholi punktlariga elektr energiyasini yetkazish uchun qo‘shimcha quvvatlar paydo bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Ukraina energiya ta’minotini to‘xtatganligi munosabati bilan Qrimda 22-noyabr kuni favqulodda holat e’lon qilingan edi.
Izoh (0)