Buxoro viloyatida Olot tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli yangi tug‘uruqxona majmuasi foydalanishga topshirildi. Bu haqda “Vostochniy ekspress” xabar beradi.
Obyekt “Marjona irrigatsiya va qurilish” xususiy korxonasi mutaxassislari tomonidan qurib bitkazildi. Qurilishga 3 milliard 254 million so‘mdan ortiq mablag‘ sarflandi.
Ikki qavatli tug‘uruqxona majmuasidagi 50 o‘ringa zamonaviy tibbiy uskunalar o‘rnatilgan.
Izoh (0)