Boshqirdiston oliy ta’lim muassasalaridagi o‘zbekistonlik talabalarning soni yil sayin oshib bormoqda. Bu haqda Ufa davlat aviatsion texnika universitetida bo‘lib o‘tgan chet ellik ta’lim oluvchilar konferensiyasi ekspertlari ma’lum qildi, deb xabar beradi UzDaily.
O‘zbekistonga iqtisodiyotning rivojlanishi uchun bilimdon mutaxassislar zarur hisoblanadi. Boshqirdiston esa, o‘z navbatida, uncha qimmat bo‘lmagan narxlarda sifatli ta’lim olishni taklif qila oladi.
O‘zbekiston oxirgi yillarda Ufaga ta’lim olish uchun eng ko‘p talabalari kelayotgan mamlakatlar qatoridadir. Jumladan, Boshqirdiston OTMlarida O‘zbekistondan 316 kishi ta’lim olgan.
O‘zbekistonlik abituriyentlarning aksariyat qismi Ufaning texnika OTMlarida ta’lim olishga intilmoqda. Boshqirdistonda ta’lim olish Moskva OTMlarida ta’lim olishga qaraganda ancha arzon hisoblanadi.
Izoh (0)