Rossiya A321 samolyotining Misrdagi halokati sababi terakt deb topilgandan so‘ng, qurbon bo‘lganlarning oilalari sud orqali 1—7 million dollargacha tovon puli undirishi mumkin. Bu haqda “TASS” advokat Igor Trunov ma’lumotiga tayanib xabar beradi.
“Ushbu summa jahon tajribasidan kelib chiqib belgilanadi. Bu qoida tariqasida million dollardan yetti million dollargacha (har bir halok bo‘lgan shaxs uchun) miqdorni tashkil etadi.
Advokatning fikriga ko‘ra, terrorchilar bilan bir qatorda aeroport ham aybdor va moddiy javobgar hisoblanadi. “Tergov javob berishi lozim bo‘lgan yagona savol – qaysi aeroportda portlovchi qurilma samolyotga olib o‘tilganligidir. Buning uchun Sharm ash-Shayx aeroportining javobgar bo‘lishi ehtimoli yuqori”, — deydi advokat.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya Federal xavfsizlik xizmati rahbari Aleksandr Bortnikov Misrda A321 layneri terakt oqibatida qulaganini ma’lum qildi.
Izoh (0)