Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotining yangi hisobotida qayd etilishicha, O‘zbekistonda 1990-yildan 2015-yilgacha bo‘lgan davrda onalar o‘limi 33,3 foizga qisqargan. Bu haqda UzDaily xabar beradi.
Hisobot ma’lumotlariga qaraganda, onalar o‘limi 1990-yilda 100 ming nafar ko‘z yoradigan ayollardan 54 nafarni tashkil etgan. 2015-yilda esa bu ko‘rsatkich 36 nafarni tashkil etdi.
1990—2015-yillarda dunyo bo‘yicha onalar o‘limi 44 foizga kamaygan. Biroq har kuni 800 ga yaqin ayol hamon homiladorlik va tug‘uruq jarayoni bilan bog‘liq sabablar tufayli vafot etmoqda. Onalar o‘limi bilan bog‘liq barcha holatlarning 99 foizi rivojlanayotgan mamlakatlarga to‘g‘ri keladi.
Hisobotga ko‘ra, homiladorlik davridagi asoratlar, ko‘z yorish yoki tug‘uruqdan keyingi olti hafta davomida 303 mingga yaqin ayol vafot etishi mumkin. 1990-yilda bu ko‘rsatkich 532 ming nafarni tashkil etgan.
Izoh (0)