O‘zbekiston innovatsiyalarning iqtisodga ta’siriga bag‘ishlangan dunyo reytingida 141 mamlakat orasida 122-o‘rinni egalladi. Bu haqda BMT yangiliklar markaziga tayanib, “Uz24” xabar bermoqda.
O‘zbekiston “Global innovatsion indeks”da 2014-yilga nisbatan olti o‘ringa siljishga erishgan. MDH davlatlaridan Rossiya 48, Belarus 53, Ukraina 64, Gruziya 73-o‘rinda qayd etilgan. Markaziy Osiyoda esa 82-o‘rinni egallagan Qozog‘iston yetakchilik qilmoqda.
Innovatsiyalar reytingini Shveysariya, Buyuk Britaniya, Shvetsiya, Niderlandiya va AQSh boshqarmoqda.
Izoh (0)