Xonandalar Oybek va Nigoraning to‘yi sanasi ma’lum bo‘ldi
Xonandalar Oybek va Nigoraning to‘yi 21-noyabr kuni Toshkentdagi “Versal” to‘yxonasida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “Qalampir.uz” internet-nashri xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, 2005-yildan beri birgalikda faoliyat olib borayotgan Oybek va Nigora ayni vaqtda to‘yga tayyorgarlik ko‘rish ishlari bilan band.
Internet-nashrning yozishicha, “Oybek va Nigoraning to‘yi o‘zbek shou-biznesida uzoq vaqtdan buyon kutilayotgan to‘ylardan biri edi”.
Ma’lumot uchun, Oybek Alimov 1987-yilning 8-oktabrida, Nigora Ismoilova 1988-yilning 12-sentabrida tavallud topgan. Xonandalar 2008-yili “Nihol” mukofoti bilan taqdirlangan.
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar