“D’Artanyan va uch mushketyor” filmi orqali tanilgan rejissor Georgiy Yungvald-Xilkevich 82 yoshida vafot etdi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Yungvald-Xilkevich 3-noyabr kuni Botkin kasalxonasining jarrohlik bo‘limi jonlantirish xonasiga shoshilinch ravishda yotqizilgan edi. Avvalroq uning ahvoli o‘ta og‘ir ekanligi va dori-darmonlar bilan uxlatib qo‘yilgani xabar berilgan edi.
Georgiy Yungvald-Xilkevich tomoshabinlar mehrini o‘zi 1978-yilda suratga olgan “D’Artanyan va uch mushketyor” kinoepopeyasi orqali qozongan.