Buxarest tungi klubidagi yong‘in qurbonlari soni 50 nafarga yetdi
Buxarest tungi klubida 31-oktabr kuni yuz bergan yong‘in qurbonlari soni 50 nafarga yetdi, deb xabar beradi “Yevropeyskaya pravda”.
10-noyabr, seshanba kuni tunda 18 yoshli qiz Yelena Nitu halok bo‘ldi. U Liverpuldagi shifoxonaga samolyotda yetkazilgan edi. Yong‘indan so‘ng, u tanasi va nafas yo‘lidagi kuchli kuyish bilan shifoxonaga yotqizilgan edi.
11-noyabr, chorshanba kuni Britaniya shifoxonasida 19 yoshli Roberto Endi halok bo‘ldi. Britaniyaga 8-noyabr, yakshanba kuni jami to‘qqiz nafar jabrlangan yetkazilgan edi.
Yong‘indan jabrlangan 76 kishi Buxarest shifoxonalarida bo‘lib, ulardan 24 nafarining ahvoli og‘ir.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxarestdagi tungi klubda ro‘y bergan yong‘in qurbonlari soni 48 kishiga yetganligi ma’lum qilingan edi.