Chechenistonlik Quvnoqlar va zukkolar klubi faxriylari hukumat, parlament va hudud vazirliklarida lavozimlarga ega bo‘ldi. Bu haqda “TASS” respublika rahbari Ramzan Qodirovning ijtimoiy tarmoqdagi ma’lumotiga tayanib xabar beradi.
“Men QVZ jamoasini chin dildan tabrikladim, ularga baxt va omad tiladim! Omad esa ularni uzoq kuttirmadi. Uchrashuv so‘ngida QVZ jamoasining barcha 11 faxriysi hukumat, parlament va respublika vazirliklarida ish bilan ta’minlandi. Ular yangi sharoitlarga tezda moslashib, o‘zlarining eng yaxshi tomonlarini ko‘rsatishiga ishonaman”, — deb ta’kidladi Qodirov.
Respublika rahbarining QVZ faxriylari bilan uchrashuvi 8-noyabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi. Tadbir Xalqaro QVZ kuni munosabati bilan tashkil etildi.
Izoh (0)