2015-yilning 7-noyabr kuni Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan OAV vakillari uchun media-tur uyushtirildi. O‘zbekiston MTRK, O‘zA, Uzreport AA, shuningdek, davriy bosma va internet nashrlarining xodimlari “Tovoqsoy” sanatoriysida bo‘lib, sog‘lomlashtirish muassasasida urush va mehnat faxriylari, keksa va nogironlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Urush va mehnat faxriylariga sifatli xizmat ko‘rsatishni tashkil etish maqsadida, “Tovoqsoy” sanatoriysining yetti nafar shifokori va 16 nafar hamshirasi gerontologiya yo‘nalishi bo‘yicha malaka oshirish kurslarida tahsil olgan.
Faxriylarni qabul qilish uchun maxsus bo‘linma ochilib, xonalar zaruriy texnikalar bilan ta’minlangan. Keksalarning yoshi inobatga olingan holda taomnomalarga o‘zgartirishlar kiritilgan. Keksalar uchun fizioterapiya, davolash, jismoniy tarbiya xonalari va fitobar doimiy ravishda xizmat qiladi.
2015-yilning 1-noyabriga qadar “Tovoqsoy” sanatoriysida 8647 nafar kishi salomatligini tiklagan bo‘lsa, ulardan 5903 nafari nafaqaxo‘r, 1592 nafari nogiron, 52 nafari urush qatnashchisi va 1100 nafari mehnat fronti faxriysidir.
Izoh (0)