Italiyaning Monsa shahrida yashovchi misrlik fuqaro uyining yerto‘lasida ikkinchi oilasini yashirib qo‘ygan. Bundan uning rasmiy xotini va uch nafar bolasi xabardor bo‘lmagan, deb xabar beradi “Vesti.ru”.
Bu holat oshkor bo‘lgunga qadar, erkak o‘z oila a’zolariga nisbatan zo‘ravonlik qilganligi uchun hukm etilgan edi. Hukumat taqiqiga qaramasdan, erining uyga yaqinlashayotganini ko‘rgan uning rasmiy xotini politsiyani chaqirgan. Shunda erkak qonunni buzmaganligi, shunchaki, o‘zining ikkinchi oilasidan xabar olish uchun kelganligini ma’lum qilgan.
Aniqlanishicha, uning uyi yerto‘lasida 33 yoshli misrlik ayol uch, yetti va to‘qqiz yoshli bolalari bilan yashagan. Ularning barchasi 15 kvadrat metrli xonada yashashga majbur bo‘lgan. Biroq, ayol bunga uni hech kim majburlamaganligi, yerto‘lada o‘z xohishi bilan yashayotganligini ma’lum qilgan.
Shaxsi ma’lum qilinmagan erkakka nisbatan qo‘shxotinlik bo‘yicha ayblov e’lon qilinishi mumkin.
Izoh (0)