Google kompaniyasi asosida yaratilgan Alphabet kelasi yili mobil telefonlarga Wi-Fi tarqatuvchi aerostatlarni (havo shari) sinovdan o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda CNET portali xabar beradi.
Ushbu tashabbus Yerning nochor hududlarini simsiz internet bilan ta’minlashga qaratilgan Project Loon loyihasi doirasida amalga oshiriladi.
Indosat, Telkomsel va XL Axiata mahalliy telekommunikatsiyaviy kompaniyalar bilan tegishli kelishuvlar imzolangan. Loyiha bilan Google X laboratoriyasi shug‘ullanadi. Google buning uchun haq olish-olmasligi hozircha noma’lum.
Project Loon loyihasining vitse-prezidenti Mayk Kessidi va Google asoschilaridan biri Sergey Brinning ta’kidlashicha, Indoneziya aholisining uchdan ikki qismi hamon internetdan foydalanish imkoniga ega emas. Ularning so‘zlariga qaraganda, loyiha ushbu muammoni hal etishga qaratilgan. Havo sharlari quyosh batareyalaridan quvvatlanuvchi yuqori texnologik qurilma bilan jihozlangan.
Izoh (0)