“Barselona” rahbariyati ispaniyalik hakamning Madridning “Real” va kataloniya klublari haqidagi so‘zlarini jiddiy tekshirishni talab qilmoqda. Bu haqda “Chempionat” xabar beradi.
“ ‘Barselona’ boshqaruv organi bu ish yuzasidan jiddiy surishtiruv o‘tkazishni zarur deb hisoblaydi va bu shunchaki anglashilmovchilik ekanligiga umid qiladi. So‘z Ispaniyaning professional futbol ligasi va unga bo‘lgan ishonch haqida bormoqda”, — deyiladi “Barselona” rasmiy murojaatida.
Eslatib o‘tamiz, Barselonaning korrupsiyaga qarshi organiga sport advokatidan maktub kelib tushgan edi. Unga ko‘ra, sentabr oyida Ispaniya hakamlar assotsiatsiyasi vakili va “klasiko”ning bosh hakami bo‘lishi kutilayotgan hakam o‘rtasida telefon suhbati bo‘lib o‘tgan. Unda assotsiatsiya vakili Xose Anxel Ximenes de Morales Munyos referini “mehmonlarning g‘alabaga bo‘lgan imkoniyatlarini pasaytirgan holda, o‘yinga ta’sir ko‘rsatishga” chaqirgan.
Izoh (0)