Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Qamoqdan qochgan va ayni vaqtda Meksika kuch tuzilmalari tomonidan qidirilayotgan El Chapo (“Pakana”) laqabli meksikalik narkobaron — Xoakin Gusman jarohat olgan. Bu haqda, Meksika hukumatiga asoslanib, Reuters agentligi xabar bermoqda.

Arxiv fotosi. Foto: Associated Press

Arxiv fotosi. Foto: Associated Press

Hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, “Sinaloa” narkokarteli rahbarining qo‘li va yuzi jarohatlangan. Gusmanni izlab, qo‘lga olish bo‘yicha maxsus operatsiya Meksika shimoli-g‘arbida, Gusman tug‘ilib o‘sgan joylar yaqinida olib borilmoqda.

Kuch tuzilmalari vakillarining ma’lum qilishicha, qo‘lga tushishdan qochishga harakat qilib, jinoyatchi zudlik bilan yashiringan va shu vaqtda jarohat olgan. Ayni vaqtda, jinoyatchi jarohatni “bevosita to‘qnashuv vaqtida” olgani rad etilmoqda.

Gusman 2015-yil iyulida alohida qo‘riqlanadigan qamoqxonadan maxsus qazilgan yerosti yo‘li orqali qochib ketgandi. 14-iyul kuni Meksika hukumati El Chaponi qo‘lga olish uchun yordam beradigan ma’lumotni taqdim etgan kishiga 4 million dollar mukofot puli berilishini e’lon qildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Sharqiy Quddusda keskinlik avjiga chiqmoqda (video)
Mahalliy
Ayol dasturchilar uchun mukofoti 8 000 dollarlik xakatonga arizalar qabuli boshlandi
Mahalliy
Narxi 16 ming dollar, vazni 200 kilogrammdan oshadi – “Naslli qo‘chqorlar ko‘rgazmasi”dan reportaj