Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Niderlandiya bosh vaziri Mark Ryutte bilan telefon orqali suhbatlashib, “Boing” halokati aybdorlarini jazoga tortish bo‘yicha choralarni kelishib oldi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Foto: “Korrespondent.net”

Foto: “Korrespondent.net”

Tomonlar MH17’ni urib tushirishda aybdorlarni javobgarlikka tortish mexanizmi bo‘yicha yakuniy qaror Ukraina, Niderlandiya, Avstraliya, Malayziya va Belgiya ishtirokidagi umumiy guruh olib borayotgan jinoiy tergov natijalarini hisobga olgan holda qabul qilinishiga kelishdi.

Nashr eslatishicha, 13-oktabr kuni Niderlandiya xavfsizlik kengashi “Boing-777” halokati bo‘yicha yakuniy ma’ruzani e’lon qilishi kutilayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, “Boing-777” samolyoti Donbassda 2014-yilning 17-iyulida qulab tushgan edi. Halokat oqibatida 298 kishi qurbon bo‘lgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Daryo” kundaligida sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Putin taklifiga binoan 7-oktabr kuni Rossiyaga boradi
Mahalliy
Dunyoda koronavirusni yuqtirish holatlari 6 foiz, o‘lim ko‘rsatkichi esa 12 foizga kamaydi