Pepsi’ning o‘z brendi ostida shaxsiy smartfonlarini ishlab chiqarishi kutilmoqda, deb xabar beradi “Mobinfo.uz”.
Bu haqdagi ma’lumot va uning suratlari Xitoyning Weibo ijtimoiy tarmog‘ida paydo bo‘ldi. Gadjet P1 nomini oldi.
Qurilma 20-oktabrda taqdim etiladi. Pepsi smartfoni 200 dollar atrofida narxlanadi. Shunga qaramasdan, P1 smartfoni 1920 x 1080 pikselli 5,5 dyuymli ekran hamda 13 va 5 megapikselli ikkita kameraga ega. Bundan tashqari, smartfon korpusi metalldan ishlanadi.
“Pepsifon”ga 64 bitli MediaTek MT6592 protsessori o‘rnatiladi. U 2 Gb tezkor va 16 Gb ichki xotiraga ega bo‘ladi.
Izoh (0)