Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o‘zbekistonlik bokschi Ruslan Chagayevga hurmati cheksiz ekanligini ma’lum qildi. “Qadrli ukam, boks bo‘yicha jahon chempioni Ruslan Chagayevga hurmatim katta. U insofli, mehnatsevar odam”, — deb yozdi Qodirov Facebook’dagi sahifasida.

Foto: Facebook / Ramzan Kadirov

Foto: Facebook / Ramzan Kadirov

U Ruslan bilan ringda to‘rt raund jang qilgani haqida yozar ekan, bokschining mahorati Okendo bilan jangdan so‘ng sezilarli darajada oshganini ta’kidladi.

“Zarbasi og‘irroq va keskinroq bo‘libdi, himoya texnikasi ustida ancha yaxshi ishlabdi, reaksiyasi ajoyib”, — deya qayd etdi Checheniston rahbari.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ruslan Chagayev va puerto-rikolik Fres Okendo o‘rtasidagi revansh jangi bekor qilingani xabar berilgan edi. Bunga puerto-rikolik bokschining yelkasidan olgan jarohati sabab bo‘lgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Ba’zida o‘zim ham noto‘g‘ri parkovka qilaman” — Rasul Kusherbayev
Mahalliy
Toshkent shahri bosh rejasining bir qismi 2022-yil oxirigacha yakunlanadi
Mahalliy
Qurilish vazirligi ogohlantiradi: yangi uy xarid qilayotganda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan jihatlar