Maltada o‘tgan xayriya tadbirida britaniyalik millioner boshqargan mashina odamlar guruhi tomon yo‘nalgan. Natijada o‘nlab kishi jabrlandi. Bu haqda Independent ma’lumotiga asoslanib, “Yevropeyskaya pravda” xabar bermoqda.
Har yili Maltada bo‘lib o‘tadigan avtoshouda biznesmen Pol Beyli Porsche 918 Spyder mashinasini namoyish etayotgan paytda boshqaruvni yo‘qotgan. Natijada to‘siqlarni buzib, tomoshabinlar guruhi tomon yo‘nalgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 26 nafar kishi jarohatlangan, haydovchining o‘zi ham kasalxonaga olib ketilgan. Jabrlanganlardan besh nafarining ahvoli juda og‘ir. Ular orasida olti yoshli qizaloq ham bor.
Izoh (0)