Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Buyuk Britaniya sobiq bosh vaziri Toni Bler Liviyadagi isyon vaqtida Muammar Kaddafiga iste’foga chiqishni va xavfsiz joyga ketishni maslahat bergan. The Independent’ning yozishicha, Liviya sobiq yetakchisi Blerning maslahatlarini rad etib, urush vaqtida o‘z vatanini tashlab ketmasligini ma’lum qilgan.

Foto: Radikal

Foto: Radikal

Ikki siyosiy arbobning mazkur suhbati tafsilotlari AQSh Davlat departamenti tomonidan chop etildi. Blerning yordamchisi Ketrin Rimmerning ma’lum qilishicha, Britaniya sobiq bosh vaziri suhbat davomida Kaddafini kuch ishlatishni to‘xtatishga va yangi hukumatga tinch yo‘l bilan o‘tishga ko‘ndirishga uringan.

“Qon to‘kish va zo‘ravonlikni to‘xtatish kerak. Agar sizda hoziroq yo‘l olish mumkin bo‘lgan biror xavfsiz joy bo‘lsa, o‘sha yerga boring. Hozirgi ishlarning bari tinchlik bilan tugamaydi, o‘zgarishlar kerak. O‘zgarishlarni esa boshqarish mumkin, biz ularni boshqarish yo‘lini topamiz. Men odamlar bilan gaplashdim, ularning barchasi tinch yakunni istamoqda”, — deya Blerdan iqtibos keltirdi Rimmer.

Bler AQSh va Yevropa murakkab vaziyatda turgani va nizo hal etilishiga ularni ishontirish kerakligi haqida ogohlantirgan. Mazkur suhbatning ertasiga BMT Xavfsizlik kengashi Kaddafining mulklarini muzlatish haqida rezolyutsiya qabul qilgan, oy oxiriga borib esa Buyuk Britaniya Liviya yetakchisiga qarshi xalqaro koalitsiyaga qo‘shilgan.

Oradan to‘rt oy o‘tib Sirt uchun kechgan janglarda Kaddafi qo‘lga olingan va o‘ldirilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda ishbilarmonlik faoliyati qanday o‘zgardi?
Sport
Krishtianu Ronalduning muvaffaqiyatsiz seriyasi davom etadi. Hujumchi 2022/23-yilgi mavsumda faqat bitta gol urdi
Mahalliy
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana tushdi