London politsiyasi G‘arbiy Yevropadagi eng katta masjid Baytul-Futuhga o‘t qo‘yishda gumon qilinayotgan ikki o‘smirni qo‘lga oldi. Bu haqda “Yevropeyskaya pravda” xabar beradi.
Ma’lumotlarga qaraganda, qo‘lga olingan 14 va 16 yoshli o‘smirlar hozirda politsiya uchastkasida bo‘lib turibdi.
Londonning janubiy qismida joylashgan masjidda 26-sentabr, shanba kuni yong‘in yuz bergan edi. Bu paytda 10,5 ming kishini o‘ziga sig‘dira oladigan masjidda bir necha kishi bo‘lgan, xolos. Ular zudlik bilan evakuatsiya qilingan.
Izoh (0)