BMW avtomobillarining Janubiy Koreyada importi bilan shug‘ullanuvchi BMW Korea kompaniyasi 55 737 mashinani chaqirib olishga qaror qildi. Bu haqda “Interfaks”ning Janubiy Korea Yer, infratuzilma va transport vazirligidan olgan ma’lumotiga tayanib, “Vedomosti” xabar bermoqda.
Avtomobillarni chaqirib olishdan maqsad gaz taqsimlash mexanizmidagi tasmalarning nosozligidir. Bu holat BMW’ning 24 modeli va Mini filialida kuzatilgan.2007-yilning noyabridan 2013-yilning iyuniga qadar ishlab chiqarilgan barcha mashinalar chaqirib olinadigan bo‘ldi.
Bundan tashqari, Shvetsiyaning Volvo avtomobillari importi bilan shug‘ullanuvchi Volvo Korea va mamlakatga Harley Davidson motosikllarini yetkazib beruvchi Kiheung Motors kompaniyasi ham turli sabablarga ko‘ra, o‘z texnikalarini chaqirib olishga qaror qilgan. Bunday holat mamlakatda 30 dona S60 avtomobili va 207 dona XG750 motosikli kamayishiga olib keladi.
Izoh (0)