Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin hukumatga BRIKS mamlakatlari fuqarolariga Rossiyaga vizasiz kirish imkonini berish masalasini ko‘rib chiqishni topshirdi. Bu haqda Meduza xabar beradi.
Braziliya, Xitoy, Hindiston va JAR fuqarolari RF hududiga qisqa muddatga sayyohlik yoki tranzit safarini amalga oshirgan taqdirda, viza olishiga hojat bo‘lmaydi.
Hukumat davlat rahbarining topshirig‘ini 2015-yilning 30-oktabriga qadar ko‘rib chiqishi zarur.
Izoh (0)