Apple korporatsiyasi o‘zining App Store dasturlar do‘koniga yirik kiberhujum uyushtirilganini ma’lum qildi, deb yozadi “Vedomosti”.
Natijada servis XcodeGhost deb nomlanuvchi zararkunanda dastur bilan zararlandi, u ishlab chiqaruvchining rasmiy dasturlariga kiritilgan bo‘lgan. U Xitoy serverlaridan yuklab olingani ma’lum.
Hujum 16-sentabr kuni sodir etildi. Ayni paytda kompaniya o‘z do‘konini zararli dasturlardan tozalamoqda. Kompaniya o‘z ishlab chiquvchilari Xcode’ning muvofiq versiyasidan foydalanib, XcodeGhost’dan uzoq turishi ustidan nazorat o‘rnatgan.
Izoh (0)