“Sharq Telekom” MChJ qo‘shma korxonasi 17-sentabr kuni telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatish jarayonida yuzaga kelgan uzilish uchun uzr so‘radi.
Kompaniya rasmiy saytida aytilishicha, nosozlikka telekommunikatsiya uskunalarining elektr quvvat olish tizimi avariyaviy ravishda ishlamay qolgani sabab bo‘lgan.
“Kompaniya mutaxassislari yuzaga kelgan texnik nosozlikni bartaraf etish uchun qo‘lidan kelganicha harakat qildi. Ayni paytda kompaniyaning barcha xizmatlari qayta tiklandi, mijozlar xizmatlardan uzluksiz foydalanmoqda”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)