Tojikiston va rossiyalik arxeologlarning birgalikdagi ekspeditsiyasi eng sirli va borish qiyin bo‘lgan hududlardan biri hisoblangan Sari-Xosordagi qazish ishlarini yakuniga yetkazdi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
Bu yerdan topilgan artefaktlar eng kam o‘rganilgan xalqlardan biri eftalitlarga tegishlidir.
“Bizning ishlarimiz Surxob va Bulg‘or daryolari qo‘shilishida joylashgan zamindagi eramizning V—VI asrlariga oid qabristonning qazilmalarini tadqiq etishga qaratilgan edi. Hozirga qadar turli dafn etish marosimlariga oid 34 ta qabr, shu jumladan, ot bilan ko‘milgan harbiyning qabri o‘rganildi”, — deydi ekspeditsiya rahbari Tatyana Filimonova.
Izoh (0)