O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri o‘rinbosari Shavkat To‘laganov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning tashqi iqtisodiy va tashqi savdo faoliyatiga mas’ul vazirlarining yig‘ilishida ishtirok etadi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar beradi.
O‘zbekiston TIV matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, yig‘ilish 16-sentabr kuni Xitoyning Sian shahrida bo‘lib o‘tadi.
Unda ishtirokchilar ShHT doirasidagi ko‘p tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikning ahvoli va rivojlanish istiqbollarini, shuningdek, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston hukumat rahbarlari (bosh vazirlari) Kengashining bo‘lajak majlisiga tayyorgarlik jarayonini muhokama qiladi.
Izoh (0)