Olma-Otada o‘z bolalarini 5-qavatdan tashlab yuborgan, so‘ngra o‘zi ham ularning ortidan sakragan ayol shifoxonaning jonlantirish bo‘limida davolanmoqda. Bu haqda “Newskaz.ru” xabar beradi.
Ayolning tirik qolgan bir yoshu ikki oylik qizi ham jonlantirish bo‘limida bo‘lib, ularning ahvolida bir oz yaxshilanish qayd etilmoqda. Ularning har ikkalasi mustaqil nafas olmoqda.
Shahar sog‘liqni saqlash boshqarmasi rahbari Janat Qosimjonovaning so‘zlariga qaraganda, ayol hushiga kelgan va shifokorlarning murojaatiga javob qaytarmoqda. Hodisa sabablari keyinroq huquqni muhofaza qilish organi va ruhshunoslar tomonidan aniqlanishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, hodisa 7-sentabr, dushanba, ertalabki to‘qqizlarda Olmа-Otada yuz bergan edi.
Izoh (0)