Avstraliyaning Rokgempton shahrida ona 17 yoshli giyohvand o‘g‘lini ushlab turish uchun po‘lat qafas yasadi, deb xabar beradi The Daily Mail.
Bu qurilmani yasash uchun u uch ming dollar sarfladi. Shu tariqa ayol o‘g‘lining giyohvand moddalarni sotib olishiga xalaqit berish hamda o‘ziga va atrofdagilarga ziyon yetkazishini oldini olishga harakat qilmoqda. Uning so‘zlariga qaraganda, o‘g‘lining o‘z joniga qasd qilishga o‘ndan ortiq urinishidan so‘ng, mamlakatning reabilitatsiya markazlari uni qabul qilishdan bosh tortgan.
“Kelajakda haqiqiy qamoqxonaga tushgandan ko‘ra, hozir onam yasagan qafasda o‘tirganim yaxshiroq”, — deydi o‘smir.
Izoh (0)