Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Mo‘g‘ulistonning Ulan-Bator shahrida o‘tkazilgan 16 yoshgacha bo‘lgan shaxmatchilar o‘rtasidagi Butunjahon shaxmat olimpiadasi o‘z yakuniga yetdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati. Dunyoning kuchli jamoalari qatorida O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi ham ushbu nufuzli musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Foto: olamsport.com

Foto: olamsport.com

Mamatqul Haylayev murabbiyligidagi O‘zbekiston terma jamoasi so‘nggi 10-turda Qozog‘istonning birinchi raqamli terma jamoasini 2,5:1,5 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Nodirbek Yoqubboyev va Abdumalik Abdusalimov raqiblarini mag‘lubiyatga uchratdi. Ortiq Nig‘matov durang qayd etgan bo‘lsa, Bahora Abdusattorova Assad Mamirbayga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Yakunda kuchli terma jamoalarni ortda qoldirgan o‘zbekistonlik yosh shaxmatchilar Butunjahon shaxmat olimpiadasini 6-o‘rinda yakunladi. O‘zbekiston terma jamoamiz 10 ta uchrashuvdan 3 tasida g‘alaba qozondi. Oltita bahsda durang o‘ynab, faqat bitta uchrashuvda imkoniyatni boy berdi.

Eron terma jamoasi Butunjahon shaxmat olimpiadasi g‘olibiga aylandi. Hindiston kumush, Rossiya terma jamoasi bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Bizdan yuqoridagi o‘rinni Vengriya va Xitoy-1 terma jamoalari band etdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Virtual kartalar nima va ulardan qanday qilib to‘g‘ri foydalanish mumkin?
Dunyo
Twitter ofisida xodimlar uchun karavotlar paydo bo‘ldi, Ilon Mask avvalroq me’yoridan ortiqcha ish bo‘lishi haqida ogohlantirgandi
Mahalliy
Xorazmda ikki kishi is gazidan vafot etdi