1983-1993 yillarda Apple kompaniyasini boshqargan Jon Skalli egalaridan biri bo‘lgan Obi Worldphone kompaniyasi yangi SF1 Android-smartfoni sotuvga chiqishini e’lon qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
5.0.2 Android o‘rnatiladigan Obi Worldphone SF1 1920x1080 pikselli, 5-dyuymli displey, 3 GB operativ xotira, 32 GB flesh-to‘plovchi, 13 Mp asosiy kameraga ega.
Asosan rivojlanayotgan mamlakatlar bozori uchun mo‘ljallangan yangi smartfonlarning asosiy jihatlaridan biri narxi baland emasligidadir. Qurilma shu yil oktyabrida 199 dan 249 dollargacha narx bilan sotuvda paydo bo‘ladi.