AQSh Afg‘onistondagi “Haqqani tarmog‘i” ekstremistik guruhi jangarisi Abdul Aziz Haqqanini xalqaro terrorchilar ro‘yxatiga kiritdi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
AQSh davlat departamentining ma’lum qilishicha, Abdulaziz Haqqani ushbu tashkilot boshlig‘i Siraxuddin Haqqanining akasi bo‘lib, avvalroq u haqdagi ma’lumot uchun besh million dollar mukofot belgilangan.
Endi Amerika hukumati Abdulaziz Haqqanining aktivlarini qonuniy asosda hibsga olishi mumkin.
“Haqqani tarmog‘i” Afg‘onistonda bir necha marta odam o‘g‘irlagan, AQSh va Afg‘oniston hukumati obyektlariga, shuningdek, tinch aholiga hujum qilgan.
Izoh (0)