O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligidagi manba 24-avgust oqshomida Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanidagi “Do‘stlik” aholi punkti hududida gaz quvurining portlashi oqibatida jabrlanganlar bo‘lmaganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “12news.uz”.
“Kecha favqulodda holat haqidagi xabar kelishi bilan voqea joyiga zudlik bilan sakkizta tez yordam brigadasi yetib bordi. Biroq ularning barchasi ortga bo‘sh qaytdi, jabrlanganlar yo‘q edi. Ijtimoiy tarmoqlarda jabrlanganlar borligi haqida tarqalgan xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi”, — dedi vazirlik vakili.
Bu ma’lumotni Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi ham tasdiqlagan.
Qayd etilishicha, kimsasiz joyda gaz quvurining portlashi oqibatida kelib chiqqan yong‘in O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi vakillari tomonidan bartaraf etilgan.
Izoh (0)