Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSh prezidenti Barak Obama 23-avgust, yakshanba kuni oilasi bilan ikki haftalik ta’tildan Vashingtonga qaytdi. “TASS” xabariga ko‘ra, “birinchi raqamli bort” Endryus harbiy-havo bazasiga qo‘nganidan so‘ng, prezident oilasi Marine One vertolyotida Oq uyga yo‘l olgan.

Foto: TASS

Foto: TASS

O‘tgan yilgi ta’tildan farqli o‘laroq, AQSh prezidenti bu safar bemalol hordiq chiqara oldi. Hatto turli raqiblarga qarshi to‘qqizta golf partiyasini o‘tkazdi, xususan, bir safar AQShning sobiq prezidentlaridan biri Bill Klinton unga raqiblik qildi.

Bundan tashqari, u oilasi bilan birga velosiped uchdi, piyoda sayrlarga chiqdi, oqshomlarda esa mahalliy restoranlarda taom tanovul qildi va yaqin do‘stlarinikiga mehmonga bordi. “Biz vaqtni chog‘ o‘tkazdik”, — dedi Barak Obama.

Obamaning 2014-yilgi ta’tili uzilib qolgandi — Iroqda IShID terrorchilik harakatining faolligi, shuningdek, Fergyuson shahrida politsiya tomonidan qora tanli o‘smirning o‘ldirib qo‘yilishi ortidan yuz bergan ommaviy noroziliklar sabab u Vashingtonga erta qaytishga majbur bo‘lgandi.

Ma’lumot uchun, Obamalar oilasi hordiq chiqarish uchun 7-avgust kuni Massachusets shtatining Atlantika okeani sohillaridagi Martas-Vin’yard kurortiga kelgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Tez yordam mashinasi 5 yilda ikki baravarga ko‘paydi, bitta chaqiruv dorisi 640 so‘mdan 7,5 ming so‘mga oshdi”. “Daryo” tibbiyotdagi o‘zgarishlarni Namangan viloy...
Sport
Bundesliga. “Borussiya D” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi 
Shou-biznes
Instagram: Aeroportda dabdaba bilan kutib olingan Liil Xurramov, qo‘shiq kuylagan Abduhoshim Ismoilov, yangi raqqosalarni kashf etayotgan Yulduz Usmonova