Angliyaning G‘arbiy Sasseks grafligidagi Shorxem shahrida bo‘lib o‘tgan aviashou vaqtida Hawker Hunter harbiy bombardimonchi samolyoti shosseda harakatlanayotgan avtomobillar ustiga quladi, deb xabar bermoqda “Exo Moskvi”.
Samolyot yuksak uchuvchilik mashqlarini bajarish vaqtida halokatga uchragan. Hodisa oqibatida 7 kishi halok bo‘lib, 15 kishi jarohat olgan. Uchuvchi esa shifoxonaga yotqizilgan.
Hawker Hunter qiruvchi-bombardimonchi samolyotlari Buyuk Britaniya harbiy havo kuchlari tarkibida 1950−1990-yillarda bo‘lgan. Bu seriyadagi oxirgi samolyot o‘tgan yili Livanda ro‘yxatdan chiqarilgan.
Izoh (0)