Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe Shimoliy Koreyaning yangi standart vaqt joriy qilish qarori yuzasidan afsus bildirdi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

“Shimoliy Koreyaning hech qanday maslahatlashuv va bildirishlarsiz o‘z standart vaqtini o‘zgartirishi haqida e’lon qilgani afsuslantiradi”, — dedi prezident.

Pak Kin Xe, shuningdek, yangi “Pxenyan” vaqtining joriy etilishi ikki mamlakat o‘rtasidagi tafovutlarni chuqurlashtirib, Koreyalararo hamkorlikka yo‘naltirilgan urinishlarga zid kelishi yuzasidan xavotir bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shimoliy Koreya soatlarni hozirgi standart vaqtdan 30 daqiqa ortga surib, yangi “Pxenyan” vaqtiga o‘tishini e’lon qilgan edi. Sharqiy uzunlik bo‘yicha 127 daraja 30 daqiqa yoki hozirgidan 30 daqiqa keyingi vaqt KXDRning standart vaqti sifatida belgilanadi. Pxenyan vaqti 104-chuxche yili (2015-yil) 15-avgustdan, mamlakat Yaponiyadan mustaqil bo‘lishining 70 yilligi munosabati bilan kuchga kiradi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
“Afg‘oniston iqtisodiyotini tiklash xalqaro hamjamiyatning umumiy ustuvor yo‘nalishi bo‘lishi kerak” — Vladimir Norov
Mahalliy
Foto: Dubay—Namangan—Dubay yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi