Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Xitoy politsiyasi Guandun viloyatidagi uy zinasi ostidan dinozavrning 213 ta tuxumi va bus-butun skeletini topdi. Bu haqda “Segodnya.ua” xabar bermoqda.

Foto: segodnya.ua

Foto: segodnya.ua

Dastlab bu skelet va tuxumlar iyun oyi oxirida qurilish maydonidan topilgan edi, biroq keyinroq bu topilmalar mahalliy aholi tomonidan o‘g‘irlab ketilgan. Paleontologlarning aniqlashicha, ajoyib tarzda saqlanib qolgan suyaklar va tuxumlar “psittakozavr” nomli kichik o‘txo‘r dinozavrga tegishlidir.

Psittakozavrlar shoxdor dinozavrlar turkumiga mansub bo‘lib, ilk Bo‘r davrida — bundan 130—100 million yil avval hozirgi Osiyo hududida yashagan. Hozircha politsiya skelet va tuxumlar o‘g‘irlanishi holati bo‘yicha kimdir hibsga olinish-olinmasligiga aniqlik kiritmayapti.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
“Daryo” reportaji: Namangandan topilgan zardushtiylar ibodatxonasining dunyoda tengi yo‘qligi aytilmoqda. Bu yerdagi 70 ta otashkadada tun-kun olov yonib turgan (v...
Madaniyat
O‘zbekistonda o‘tkazilgan Mokkoji Korea festivali va K-pop konserti — suratlarda