AQSh prezidentligi lavozimiga respublikachilar partiyasidan o‘nta asosiy nomzod qatnashgan teledebatni 24 millionga yaqin tomoshabin kuzatdi. Bu haqda “TASS” Nielsen marketing kompaniyasi ma’lumotiga tayanib xabar beradi.
Teledebat 7-avgust kuni, kechqurun Klivlendda (Ogayo shtati) bo‘lib o‘tdi. CNN telekompaniyasining ta’kidlashicha, teledebat shu kabi tadbirlar tarixida eng katta auditoriyani to‘pladi.
Aksariyat siyosiy sharhlovchilarning fikriga ko‘ra, teledebatda milliarder Donald Tramp g‘olib bo‘ldi.