Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Ozod yurt to‘lqinlari” media-festivali g‘oliblari 21-avgust kuni aniqlanadi, deb xabar beradi “Ictnews.uz”.

Foto: 12news.uz

Foto: 12news.uz

Tadbir O‘zbekistonda nodavlat teleradioeshittirishlarni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Shuningdek, jurnalistlarning demokratik qadriyatlarga  mos keluvchi hamda jamiyatning siyosiy, diniy va axloqiy rivojlanishiga yordam beruvchi televideniye va radio dasturlarini tayyorlashdagi faoliyatini kuchaytirishga yo‘naltirilgan.

Festival doirasida e’lon qilingan g‘oliblarga “Ozod yurt to‘lqinlari” haykalchalari, diplom va qimmatbaho sovg‘alar taqdim etiladi.

Festival laureatlari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ochiq, onlayn ovoz berish orqali aniqlanadi:

  1. Eng yaxshi medialoyiha
  2. Eng yaxshi telestansiya
  3. Eng yaxshi radiostansiya
  4. O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 24 yilligiga bag‘ishlangan eng yaxshi dastur.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Daryo” kundaligida 9-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Qozog‘iston Rossiyaga zirhli texnika jo‘natishi haqida xabarlar tarqaldi (video)
Madaniyat
Shahzoda Garri va Megan Markl yangi hujjatli filmda Yelizavetta II ni masxaralab, qirollik oilasi a’zolarini irqchilikda aybladi (video)