Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzodi qo‘yilgan da’vogarlardan o‘n nafari praym-taym vaqtidagi asosiy teledebatlarda qatnashadi. Ushbu o‘ntalikni Fox News mediabirlashmasi e’lon qildi.
Milliarder Donald Tramp, Florida sobiq gubernatori Jeb Bush, Viskonsin shtati gubernatori Skott Uoker, Arkanzas sobiq gubernatori Mayk Xakabi, nafaqadagi neyrojarroh Ben Karson, texaslik senator Ted Krus, floridalik senator Marko Rubio, kentukkilik senator Rend Pol, Nyu-Jersi gubernatori Kris Kristi va Ogayo gubernatori Jon Keysich ro‘yxatga kiritildi.
Ro‘yxat oxirgi beshta umummilliy so‘rov natijalari asosida tashkil etildi. Ro‘yxatda birinchi o‘rinda Tramp, undan keyin esa Bush va Uoker peshqadamlik qilmoqda.
Izoh (0)