Tojikistonlik chegarachilar to‘rtta maxsus operatsiya chog‘ida Afg‘onistondan Rossiya va MDH davlatlariga narkotik va qurol-yarog‘ olib o‘tishga uringan yirik jinoiy guruhni zararsizlantirdi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xabariga ko‘ra, so‘nggi uch sutka ichida taxminiy soni 15 nafar bo‘lgan afg‘onistonlik kontrabandachilardan iborat to‘rtta guruhning Hamadon va Panj chegara otryadlarining yurish murakkab bo‘lgan uchastkalaridan o‘tishga urinishining oldi olingan.
Otishma chog‘ida besh nafar kontrabandachi o‘ldirilgan, 300 kilogrammdan ortiq gashish moddasi olib qo‘yilgan. Harbiy xizmatchilar orasida yo‘qotishlar bo‘lmagani aytilgan.
Izoh (0)