Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi Dog‘iston Respublikasining Sumada tumanida Toshkent vaqti bilan soat 6:00 da aksilterror operatsiya rejimi e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Kommersant”.
“Jangarilar guruhi harakatlanayotgani haqida ma’lumot kelib tushdi. Ularni izlash va zararsizlantirish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda”, — deyiladi Dog‘istondagi operativ shtab xabarida.
Avvalroq, Rossiyaning Nalchik shahrida aksilterror operatsiya rejimi joriy qilinib, ikki jangari yo‘q qilingani xabar berilgan edi.
Izoh (0)