Kuchli jala natijasida yuzaga kelgan suv toshqini va ko‘chkilar oqibatida Hindistonning to‘rtta shtatida 150 dan ortiq kishi halok bo‘ldi, o‘n nafardan ortig‘i bedarak yo‘qolgan. Bu haqda “TASS” mamlakat ichki ishlar vaziri Rajnatx Singx ma’lumoti asosida xabar beradi.
“Hindistonning Gujarot, G‘arbiy Bengaliya, Rojaston va Manipur shtatlarida oxirgi besh kun ichida suv toshqini natijasida 150 dan ortiq kishi halok bo‘ldi”, — deydi u.
Ma’lum bo‘lishicha, tabiiy ofat natijasida Gujarot shtatiga eng ko‘p zarar yetgan. U yerda 53 kishi qurbon bo‘lgan. Ushbu hududning 14 ta okrugida 4 milliondan ortiq kishi jabrlangan.
G‘arbiy Bengaliyada esa 48 kishi halok bo‘lgan, 2,2 milliondan ortiq kishi boshpanasiz qolgan. Uysizlarga yordam tariqasida xavfsiz hududlarda 1537 ta vaqtinchalik chodir shaharcha va 204 ta tibbiy lager qurilgan. Bundan tashqari Manipur shtatida kamida 20 kishi halok bo‘lgan.
Izoh (0)