Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Avstraliyalik kaskadyor Robbi Meddison Tinch okeani to‘lqinlarini maxsus suv chang‘ilari o‘rnatilgan motobaykda yorib o‘tayotgani tasvirlangan video internetda ommalashib ketdi. “Vesti.ru”ning xabar berishicha, kishi e’tiborini o‘ziga jalb etuvchi mazkur rolik bir kecha-kunduzda 2,5 million marta ko‘rilgan.

Foto: Vesti.ru

Foto: Vesti.ru

G‘aroyib video DC Shoes firmasi ko‘magida olingan. Sportchi motobaykda tezlikni qanday oshirgani va ummonga qarab qanday yo‘nalgani qayd etilgan kadrlar Pipe Dream (“Ushalmas orzu”) sarlavhasi ostida e’lon qilingan. Avstraliyalik sportchi faqat oldinga harakatlanishda davom etmay, balki to‘lqinlar ustida xuddi haqiqiy syorferday murakkab harakatlarni ham bajargan.

Loyiha mualliflarining so‘zlariga ko‘ra, mototsiklni sozlash va murakkab harakatlarga tayyorlanish uchun ikki yil vaqt ketgan. “Tayyor holdagi videomahsulotda barchasi chiroyli va yengil ko‘rinadi, ammo jarayon shunchalik og‘ir kechdiki, oxirgi kuni charchoqdan hatto gapirishga ham holim qolmadi”, — deydi Robbi Meddison.

https://youtu.be/lDi9uFcD7XI

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin savdo-iqtisodiy hamkorlik masalasini muhokama qildi
Mahalliy
Toshkentda IIB xodimi xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtida o‘ldirib ketildi
Madaniyat
Bir-biriga mutlaqo qarama-qarshi rollarni o‘ynab, tomoshabinlarni ishontira olgan aktyor va aktrisalar (foto)