“Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu jurnalistlarning FIFAdagi mojarolar va JCh—2022 mezbonini aniqlashda amalga oshirilgan jinoyatlar haqida bergan savollariga keskin tarzda javob qaytardi, deb xabar beradi “Arena.uz”.
Jurnalistlardan biri Krishtianuga oxirgi vaqtda bo‘layotgan mojarolar va Xalqaro futbol federatsiyasi atrofidagi gap-so‘zlar haqida savol bergan.
“FIFAning ham, Qatardagi mundialning ham menga qizig‘i yo‘q”, — deya o‘zini bu kabi ikir-chikirlar o‘ylantirmayotganiga urg‘u bergan holda javob bergan Ronaldu.
Izoh (0)