AQShning Nyu-York shahridagi mashhur Tayms maydonida (Times Square) O‘zbekistonga sevgi izhor qilindi. Bu haqda ushbu ishni amalga oshirgan jurnalist Davronbek Tojialiyevning o‘zi Facebook’dagi sahifasi orqali ma’lum qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, sevgi izhorlari mutlaqo bepul bo‘lib, Wi-Fi’ga ulanish imkoniyati va ozgina abjirlik bo‘lsa kifoya. Ushbu ikki katta ekranda Hyundai brendi reklama qilinib, ba’zi vaqtlarda Wi-Fi orqali ularning dasturiga kirib, mana shunday izhorni yuborish mumkin ekan. Faqat tez harakat qilib, ulgurish kerak xolos. Ushbu izhor qariyb bir daqiqa davomida dunyoning har yeridan kelgan minglab insonlar ko‘z o‘ngida namoyish etildi.
“Darvoqe, brendlar ushbu maydondagi reklama joylari ijarasi uchun millionlab dollarlar to‘laydi. Aytish mumkinki, ushbu maydondagi reklama dunyodagi eng qimmat reklamalardan biridir”, − deya izoh bergan jurnalist.
Izoh (0)