2015-yil 7—13-avgust kunlari Rossiyaning Viborg shahrida bo‘lib o‘tadigan XXIII “Yevropaga darcha” kinofestivalida birgalikda ishlab chiqarilgan kinokartinalar yo‘nalishida o‘zbek rejissorlari Bahodir Yo‘ldoshev va Yolqin To‘ychiyevning filmlari ham namoyish etiladi, deb xabar bermoqda “Review.uz”.
Rossiya va O‘zbekiston kinoijodkorlari tomonidan 2015-yilda o‘yin kino janrida suratga olingan “Jannatdagi bo‘richa” filmida ko‘pchilikka klipmeyker sifatida tanilgan Bahodir Yo‘ldoshev prodyuserlik va rejissorlikdan tashqari ssenaristlik va operatorlik ham qilgan.
Rossiya, Estoniya va O‘zbekiston kinoijodkorlari tomonidan 2015-yilda o‘yin kino janrida ishlangan “Suv parilari uchun uy” filmida esa O‘bekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Yolqin To‘ychiyev ssenaristlik qilgan. Ushbu film 8-avgust kuni, “Jannatdagi bo‘richa” esa 9-avgust kuni namoyish etiladi.
Izoh (0)